Live
3
O'zbek

«Galatasaroy» bosh murabbiyi hakam bilan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun qizil kartochka oldi

Futbol
21 noyabr, 16:10
Endi Okan Buruk Istanbul derbisini o‘tkazib yuboradi.
«Galatasaroy» bosh murabbiyi hakam bilan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun qizil kartochka oldi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Turkiya Superligasi Galatasaray Galatasaray 2 : 1 Samsunspor Samsunspor

«Galatasaroy» ustozi Okan Buruk «Samsunspor»ga qarshi o‘yindan keyin yakuniy hushtak chalinishi bilan maydonda qizil kartochka olgani sababli «Beshiktosh»ga qarshi derbini o‘tkazib yuboradi.

Jamoa Turkiya chempionatining 12-turida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv yakuniga yetgach, murabbiy futbolchilarini tabriklash uchun maydonga tushdi va yo‘l-yo‘lakay laynsmenlardan biri bilan qo‘l berib ko‘rishdi, bosh hakamga esa qo‘l uzatmadi.

Shundan so‘ng bosh hakam murabbiyga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi. Buruk birinchi sariq kartochkani uchrashuv davomida hakam bilan bahslashgani uchun olgandi.

Burukning yordamchisi Irfon Saralog‘li hakamning qarorini tanqid qildi. Uning aytishicha, murabbiy o‘ziga yaqin turgan hakam bilan qo‘l berib ko‘rishgan, ammo boshqa hakam bilan salomlashmagani uchun qizil kartochka olgan.

«Murabbiy futbolchilarni tabriklash uchun maydonga chiqdi. U futbolchilari tomon yo‘naldi.

Go‘yoki hamma bilan qo‘l berib ko‘rishish majburiy degan qoida bordek. U o‘ziga yaqin turgan hakam bilan qo‘l berib ko‘rishdi va futbolchilari oldiga ketdi. Ammo unga qizil kartochka ko‘rsatildi!»
— dedi Saralog‘li.

«Galatasaroy» Superliganing 13-turida 30-noyabr kuni «Beshiktosh» bilan bahs olib boradi. Diskvalifikatsiya sababli Okan Buruk bo‘lajak o‘yinda jamoasini maydon chetidan turib boshqara olmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Samsunspor Samsunspor
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar