«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts Angliya Premyer-ligasining 11-turida «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alaba haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu juda ajoyib! O‘yindan keyin stadionda ajoyib muhit hukm surdi. G‘alabadan bahra oldik. Haqiqatan ham, ajoyib kun bo‘ldi. Bugungi g‘alaba, ayniqsa, turnir jadvalidagi vaziyatni hisobga olganda, juda muhim edi. Yuqori o‘rinlarda borayotgan ko‘plab jamoalar bu dam olish kunlari g‘alaba qozona olmadi. Shu bois bunday imkoniyatdan foydalana olganimiz yaxshi bo‘ldi.
Albatta, raqibning bir futbolchisi maydondan chetlatilishi o‘yin borishiga ta’sir ko‘rsatdi, ammo biz buni tabiiy qabul qilamiz. Isakning tezkor harakati tufayli gol urishga muvaffaq bo‘ldik va bu g‘alabaga munosib edik. Bu juda quvonarli. Ngumoaning uzatmasi ajoyib edi. Unga minnatdorchilik bildiraman», — dedi germaniyalik futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Angliya Premyer-ligasida 21 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnini egallab turibdi.