Live
5
O'zbek

O‘FA mutaxassislari «Barselona» futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishmoqda

Futbol
22 noyabr, 15:04
Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘FA mutaxassislari «Barselona» futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishmoqda
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining nufuzli yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘limi hamda murabbiylar ta’limi bo‘limi mutaxassislari Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi akademiyasida bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Akademiya faoliyatini o‘rganish orqali yosh futbolchilarni tayyorlash va murabbiylar ta’limi borasida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda o‘zaro tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv davomida turli yosh toifalaridagi futbolchilar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirish va tashkil etish, ularning individual rivojlanishini kuzatish, shuningdek, murabbiylarning ish uslublari va futbolchilarni tayyorlash tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tajriba yosh futbolchilarni tayyorlash hamda murabbiylar ta’limi tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi yangiliklar