«Milan» klubi egasi Jerri Kardinale «Real» hujumchisi Endrikka bo‘lgan ehtimoliy qiziqish hamda yarimhimoyachi Adrien Rabio bilan shartnomani uzaytirish rejalari haqida fikr bildirdi.
«Endrik — muhokama qilinayotgan nomzodlardan biri. Bizning loyihamiz bitta futbolchidan ancha kengroq. U, shubhasiz, o‘z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, hatto eng yaxshisi bo‘lishi ham mumkin. Men uni juda hurmat qilaman. Transfer bozorida vaziyat qanday rivojlanishini ko‘ramiz.
Rabio bilan shartnomani uzaytirishga kelsak, men Adrienni juda yaxshi ko‘raman. U mening sevimli futbolchilarimdan biri. Uning o‘ziga ham, oilasiga ham hurmatim cheksiz.
Biz muzokaralar olib boryapmiz va yaqin orada barchasi ijobiy hal bo‘lishiga umid qilaman. Menimcha, u «Milan»ning ramziy futbolchilaridan biriga aylanishi kerak», — deya Kardinalening so‘zlarini keltiradi Milan News nashri.