Live
5
O'zbek

A Seriya. «Milan» o‘z maydonida «Frozinone»ni tor-mor etdi

Futbol
22 noyabr, 14:05
    2
«Milan» ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.
A Seriya. «Milan» o‘z maydonida «Frozinone»ni tor-mor etdi
Фото: Getty Images
22.11.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 5 : 1 Frosinone Frosinone

Italiya chempionatining 12-turida «Milan» o‘z maydonida «Frozinone»ni qabul qildi. Unda Ruben Amorim jamoasi 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Ramush, Yashari, Sisse va Pulishich gollarga mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol bilan yakunlandi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Milan» ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Frozinone» esa 20 ochko bilan 7-pog‘onada.

A Seriya. 12-tur
Milan — Frozinone 5:1
Gollar:
Kalvani 4 avtogol, Ramush 19, Yashari 48, Sisse 60, Pulishich 68 – Mazini 25
Milan
– Menyan, Xila, De Winter, Diavara (Pavlovich, 71), Bartesagi (Yashari, 46), Rabiot, Moreyra, Musa (Espupinyan, 71), Pulishich, Ramush (Sisse, 51).
Frozinone – Palmizani, Oyono, Gabriel, Monterizi, Chittadini (Amey, 46), Kalo, Mazini, Enzo, Shmid, Kvernadze (Terzich, 62), Gejemis.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Frosinone Frosinone
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar