Live
5
O'zbek

A Seriya. «Bolonya» o‘z maydonida «Udineze» bilan durang o‘ynadi

Futbol
22 noyabr, 12:52
Italiya chempionatida 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
A Seriya. «Bolonya» o‘z maydonida «Udineze» bilan durang o‘ynadi
Фото: Getty Images
22.11.2026 FT Italiya A seriyasi Bolonya Bolonya 1 : 1 Udinese Udinese

Italiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Bolonya» — «Udineze» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.

Dastlab hisob 43-daqiqada ochildi. «Bolonya» himoyachisi Nadir Tsortea jamoasini oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada esa «Udineze» hujumchisi Nikolo Zaniolo hisobni tenglashtirdi.

Ushbu durangdan so‘ng mezbonlar 18 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasidan joy oldi. Mehmonlar esa olti ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda «Bolonya» 27-noyabr kuni safarda «Venetsiya» mehmoni bo‘ladi, «Udineze» esa 29-noyabr kuni o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qiladi.

A Seriya. 12-tur
Bolonya – Udineze 1:1
Gollar
: Tsortea 43 – Zaniolo 67.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
  • Udinese Udinese
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar