«Manchester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill Premyer-liganing 11-turida «Liverpul»dan (0:4) uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng «qizil iblislar»ning himoya chizig‘i haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bir necha hafta oldin «Fulhem»ga qarshi o‘yinda men butun umrim davomida ko‘rgan eng yomon 30–40 daqiqalik futbolni kuzatganimni aytgandim. O‘shanda ko‘pchilik fikrimni biroz bo‘rttirib yuborganimni ta’kidlagandi. Ammo haqiqat shuki, «Manchester Yunayted» hozir so‘nggi yillardagi eng og‘ir holatini boshdan kechirmoqda. Yevropadagi eng yomon himoya chizig‘i, ligada esa oxiridan ikkinchi o‘rin. Ular hech qachon mavsumni bunchalik yomon boshlamagan.
«Liverpul»ga qarshi o‘yinda men Harri Maguayrni asosiy tarkibda maydonga tushirgan bo‘lardim. «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi himoya to‘rtligi — biz bu futbolchilarni ikki-uch yildan beri kuzatib kelayotganimiz uchun ularning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz — Shou, Dalot, Maguayr va Martinesdan iborat bo‘lishi kerak. Ochig‘ini aytsam, bu — kuchsiz himoya chizig‘i. Ammo «MYU»dagi mavjud himoyachilar orasida eng yaxshi to‘rtlik aynan shu.
Agar maydonga shu to‘rt futbolchi tushirilsa, jamoa g‘alaba qozonishga qodir bo‘ladi. O‘tgan yili «Manchester Siti» yoki «Arsenal»ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgani kabi. Ular bilan hech bo‘lmaganda raqobatlashish mumkin. Ammo «Liverpul»ga qarshi o‘yinni boshlagan himoyachilar yoki bir necha hafta oldin «Aston Villa» bilan bahsni yakunlagan Mazraui, Dorgu, Yoro va Hevendan iborat himoya chizig‘i bilan ligada qolishning o‘zi amrimahol. Bu — haqiqat», — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Nevill: «Bunday himoya chizig‘i bilan «MYU»ning ligada qolishi amrimahol»
Futbol
23 noyabr, 07:27
Manchesterliklarning sobiq himoyachisi «Liverpul» bilan o‘yindan so‘ng jamoaning himoya chizig‘ini tanqid qildi.
Foto: Getty Images
22.11.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Liverpul
4
:
0
Manchester Yunayted