Live
1
O'zbek

Allegri — A Seriyada 1100 ochko to‘plagan ilk murabbiy

Futbol
23 noyabr, 06:20
Yana ikki mutaxassis 1000+ ochko jamg‘argan.
Allegri — A Seriyada 1100 ochko to‘plagan ilk murabbiy
Foto: Getty Images

«Napoli» va «Torino» o‘rtasidagi bahsda Massimiliano Allegri noyob natija qayd etdi.

Bellashuvda neapolliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu yutuq orqali 59 yoshli mutaxassis A Seriyada murabbiy sifatida jamg‘argan ochkolari sonini 1100 taga yetkazdi. Bu Italiya chempionati tarixidagi rekord hisoblanadi.

Shuningdek, Luchano Spalletti va Jan Piero Gasperini ham A Seriyada 1000 ochkolik marradan oshgan murabbiylar hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, Italiya yuqori divizionida g‘alaba uchun 3 ochkodan berish tizimi 1994/95 yilgi mavsumdan boshlab joriy etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar