Bugun
29
O'zbek

Kivu: «Yuqori maqsadlarga ega jamoa uchun 4 ta gol o'tkazib yuborish juda yomon»

Futbol
23 noyabr, 00:30
«Inter» bosh murabbiyi «Atalanta»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Kivu: «Yuqori maqsadlarga ega jamoa uchun 4 ta gol o'tkazib yuborish juda yomon»
Foto: Football Italia
22.11.2026 FT Italiya A seriyasi Atalanta Atalanta 4 : 4 Inter Inter

Milaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining 12-turida «Atalanta»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Ushbu bahs 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

«O'yinni nazorat qilish borasida ko'proq ish qilishimiz mumkin edi. Hisobda ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqishga muvaffaq bo'ldik, ammo o'z beparvoligimiz tufayli sinovdan o'ta olmadik.

«Atalanta»ni tabriklaymiz. Ular jarima maydonimizda ko'p sonli futbolchilar bilan harakat qilib, bizga muammolar tug'dirishdi. Ikki ochko yo'qotdik va bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.

Himoyadagi o'yin? Har bir epizodning o'ziga xos jihatlarini tushunish lozim. Bunday vaziyatlarda munosabat va qat'iyat muhim ahamiyatga ega.

Qanotlarda qiyinchiliklarga duch kelayotganimizni his qildik. Raqibga haddan tashqari ko'p bo'sh hudud qoldirdik va buni to'g'rilashga harakat qildik. Bunday yuqori maqsadlarga ega jamoa uchun shuncha ko'p gol o'tkazib yuborish juda yomon.

Men ortga qaramoqchi emasman, ammo barchamiz har bir uchrashuvda so'nggi daqiqagacha bor kuchimizni sarflashimiz kerakligini anglab yetishimiz lozim», — dedi Kivu DAZN nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atalanta Atalanta
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar