Live
5
O'zbek

«Barselona» Bastonini 40 million yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
19 noyabr, 04:00
Italiyalik himoyachi Kataloniya klubiga o‘tish variantini istisno qilmayapti.
«Barselona» Bastonini 40 million yevroga sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Barselona» «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Deko himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Bastoni nomzodini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 40 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

27 yoshli italiyalik futbolchi ushbu mavsumda A Seriya va Chempionlar ligasi doirasida 13 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, himoyachi 2017 yildan buyon «Inter»ga tegishli. U 2019 yildan beri milanliklar asosiy jamoasi safida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar