2030 yilgi Jahon chempionati translyatsiya huquqlari uchun kurash sport industriyasida tarixiy voqeaga aylanishi mumkin. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Netflix musobaqani AQSH hududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritish uchun rekord miqdordagi mablag‘ taklif qilishga tayyor.
Bu esa striming platformasini AQSHning Fox telekompaniyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibga aylantiradi. Derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, Fox 2018 yildan buyon Jahon chempionatini ingliz tilida namoyish etish huquqiga ega bo‘lib kelmoqda.
FIFA yaqinlashib kelayotgan savdoga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda translyatsiya huquqlari uchun takliflar 1,5–2 milliard dollargacha yetishi mumkin. Bu 2026 yilgi Jahon chempionati uchun sarflangan mablag‘dan ancha ko‘p.
Ma’lumot uchun, Fox 2026 yilgi mundialni ingliz tilida namoyish etish huquqi uchun 485 million dollar to‘lagan.