Osiyo futbol konfederatsiyasi yilning eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi.
25 yoshli yarimhimoyachi Li Kan In xorijda to‘p tepayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi unvonini saqlab qoldi.
Qatorasiga ikki yil EChLni yutgan koreyalik futbolchi iyul oyida «PSJ»dan «Atletiko»ga o‘tgandi.

«Traktorsozi» klubi a’zosi Alirizo Biyronvand esa Osiyoda «Yil futbolchisi» deb topildi.
Eronlik 34 yoshli posbon ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi darvozabon bo‘ldi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi