Ispaniyalik taniqli darvozabon Antonio Adan 39 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Adan o‘z sahifasida maxsus videorolik joylashtirdi. Unda darvozabonning qo‘lqoplari, shuningdek, Madridning «Real» va «Betis» klublari safidagi faoliyatidan esda qolarli lavhalar aks etgan.
«Rahmat senga, futbol!» — deya yozdi ispaniyalik posbon o‘zining xayrlashuv postida.
Ma’lumot o‘rnida, Antonio faoliyati davomida Ispaniyaning bir qator taniqli klublari sharafini himoya qilgan. U «Real» va «Betis»dan tashqari, Madridning «Atletiko» jamoasida ham to‘p tepgan.
Shuningdek, tajribali darvozabon Portugaliyaning «Sporting» hamda Italiyaning «Kalyari» klublarida faoliyat yuritgan.
Uning professional faoliyatidagi so‘nggi jamoasi Eronning «Istiqlol» klubi bo‘ldi. Adan o‘tgan mavsum yakunida ushbu jamoani tark etgan edi.
Shu tariqa, ispaniyalik darvozabon turli mamlakatlar chempionatlarida davom etgan ko‘p yillik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Uning xayrlashuv videosi futbolchilik faoliyatidagi muhim bosqichlarni yana bir bor yodga soldi.