Live
5
O'zbek

Dzyudo. Muhammadjon Masharipov — yoshlar o‘rtasida jahon chempioni

Boshqalar
19 noyabr, 10:45
Toshkentda start olgan turnirda mezbonlar ilk medalni qo‘lga kiritishdi.
Dzyudo. Muhammadjon Masharipov — yoshlar o‘rtasida jahon chempioni
Foto: Olympic uz

Toshkentda start olgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida mezbonlar dastlabki medalni qo‘lga kiritishdi.

Jamoaning -60 kg vazn toifasidagi dzyudochisi Muhammadjon Masharipov musobaqa davomida Xitoy, Mo‘g‘uliston, Braziliya va Tojikiston vakillaridan ustun keldi. Oltin medal yo‘lida esa AQSH vakili, kattalar o‘rtasidagi Gran-pri turniri sovrindori Jonatan Yang mag‘lub etildi.

Shu tariqa, Muhammadjon yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga dastlabki oltin medalni taqdim etdi.

Bugungi yangiliklar