Live
5
O'zbek

Ronaldu Portugaliya FFdan Jezushni ishdan bo‘shatishni so‘ramagan

Futbol
19 noyabr, 11:53
Bosh murabbiy esa u ketgan taqdirda 41 yoshli hujumchi jamoaga qaytadi, deb o‘ylagan.
Ronaldu Portugaliya FFdan Jezushni ishdan bo‘shatishni so‘ramagan
Foto: Getty Images

Kristianu Ronaldu Jorje Jezushning ishdan bo‘shatilishi masalasini Portugaliya futbol federatsiyasi bilan muhokama qilmagan.

«An Nasr» klubining 41 yoshli hujumchisi 5-noyabr kuni milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Sentabr oyida Jezush UEFA Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Ronalduni maydonga tushirmaganidan so‘ng, futbolchi o‘zboshimchalik bilan milliy jamoa yig‘inini tark etgan. Keyinchalik Kristianu bosh murabbiyni unga bergan va’dasini buzganlikda ochiqchasiga ayblagan.

Shundan so‘ng Ronaldu va Jezush o‘zaro muloqot qilmagan. Shuningdek, futbolchi milliy jamoani tark etish haqidagi qarori to‘g‘risida murabbiyni oldindan ogohlantirmagan.

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Jezushda Ronaldu milliy jamoaga faqat bosh murabbiy almashgan taqdirdagina qaytishga tayyor, degan taassurot paydo bo‘lgan.

Biroq Krishtianu Portugaliya futbol federatsiyasidan Jezushni ishdan bo‘shatishni talab qilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar