«Brayton» markaziy himoyachisi Luka Vushkovich faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchiga qiziqishini qayta tiklagan va ehtimoliy transfer bo‘yicha yangi so‘rov yuborgan. Biroq xorvatiyalik himoyachining xizmatlariga Madridning «Real» klubi hamda «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Shu bilan birga, «Brayton» mavsum o‘rtasida Vushkovich bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Biroq ingliz klubi yozda himoyachini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Potensial xaridor futbolchi uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Luka Vushkovich ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 16 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.