“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh “Liverpul”dan uchralgan 0:4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng hakamlikni tanqid qildi.
Bellashuvning 8-daqiqasida Sem Berrott so‘nggi umid foli uchun mankunianliklar himoyachisi Leni Yoroga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Fernandesh hakamning ushbu qaroriga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi: «Bugungi epizodni alohida ko‘rib chiqish kerak. Biz hakamlar bilan bunday holatlar yana takrorlanmasligi uchun juda ko‘p uchrashuvlar o‘tkazamiz. «Chelsi»ga qarshi so‘nggi o‘yinda qizil kartochka ko‘rsatish mumkin edi, ehtimol, u yerda ikkinchi sariq kartochka ham bor edi. Ammo bu vaziyatda qizil kartochka ko‘rsatish to‘g‘ri emasdi.
Bizga aniq tushuntirishadi: agar futbolchi to‘pni nazorat qilmayotgan bo‘lsa, bu qizil kartochka uchun asos bo‘la olmaydi. Isak to‘pni oldinga tashladi va to‘p Lammensning qo‘liga borib tushdi. Isak to‘pni nazorat qilmayotgandi va unga yetib borish uchun hech qanday imkoniyati yo‘q edi. U Leni bilan kurashda ustunlikka erishish uchun oyog‘ini oldinga uzatdi.
Uning nima uchun yiqilganini tushunish mumkin, ammo bu qizil kartochka emasdi. Maydonda hakamlar juda ko‘p, VAR xonasida ham ko‘plab odamlar o‘tirishadi. Ular ushbu vaziyatni qayta ko‘rish uchun shuncha vaqt sarflashadi, ammo baribir o‘yin taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan xatoga yo‘l qo‘yishadi.
Jarima zarbasidan keyin to‘p o‘tkazib yuborganimizda hakamlarni ayblamayman. Ammo bu qaror butun o‘yinning borishiga ta’sir qildi», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi Goal.
Fernandesh Yoroning chetlatilishi haqida: «Hakam o‘yinni buzdi. Isak to‘pni nazorat qilmayotgandi»
Futbol
23 noyabr, 05:59
«MYU» sardori «Liverpul» bilan bahsdagi hakamlikni tanqid qildi.
Foto: Getty Images
22.11.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Liverpul
4
:
0
Manchester Yunayted