Live
1
O'zbek

«MYU» italiyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda

Futbol
23 noyabr, 02:40
Manchesterliklar ushbu transferni amalga oshirishda «Inter» bilan raqobatlashishi mumkin.
«MYU» italiyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda
Foto: Reusch

Italiyaning «Atalanta» klubi darvozaboni Marko Karnesekki faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, italiyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Biroq manchesterliklar ushbu transferni amalga oshirishda Milanning «Inter» klubi bilan raqobatlashishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Hozircha «qizil iblislar» yoki «neradzurri» tomonidan darvozabon transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Karnesekkining Bergamo klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Darvozabonning transfer qiymati esa 40–50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Bu mavsumda 26 yoshli italiyalik posbon A Seriya doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Atalanta Atalanta
Bugungi yangiliklar