Live
1
O'zbek

Yamal “Sabah”ga qarshi o‘ynamaydi

Futbol
23 noyabr, 05:13
    6
“Barselona” matbuot xizmati 19 yoshli vingerni Bokuga olib bormasligini ma’lum qildi.
Yamal “Sabah”ga qarshi o‘ynamaydi
Foto: Getty Images
25.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK - : - Barselona Barselona

Lamin Yamal “Sabah”ga qarshi o‘yin uchun Ozarbayjonga bormaydi.

“Barselona” matbuot xizmati 19 yoshli vingerning o‘ng oyog‘i to‘pig‘ida noqulaylik his qilayotganini ma’lum qildi. Ehtiyot chorasi sifatida u Chempionlar ligasining navbatdagi bahsini o‘tkazib yuboradi. Biroq yakshanba kuni La Liga doirasida “Deportivo”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.

“Barselona” va “Sabah” jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasining 5-tur o‘yini 25-noyabr, chorshanba kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Kataloniya klubi YChLda 4-turdan so‘ng 9 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev o‘ynaydigan “Sabah” esa 3 ochko bilan 31-pog‘onada.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar