Bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qiladi.
«To'pchilar» 4-turdan so‘ng 10 ochko bilan turnir jadvalida yuqori o‘rinlarni egallab turibdi. Germaniya klubi esa 9 ochko jamg‘argan. Ushbu bahsdagi g‘alaba mezbonlarga kuchli sakkizlikka kirish uchun kurashda bevosita raqibidan uzoqlashish imkonini beradi.
«Arsenal» o‘z maydonida so‘nggi 6 ta bahsning barchasida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, londonliklar uy stadionida o‘tkazilgan oxirgi 3 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu esa Dortmund klubi hujum chizig‘i uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Tahlilchilar «Arsenal»ning g‘alaba qozonish ehtimolini 65,8 foizga baholamoqda. «Borussiya»ning g‘alaba qozonish imkoniyati 13,4 foiz, durang qayd etilishi ehtimoli esa 20,7 foizni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va Dortmundning «Borussiya»si o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.