Live
2
O'zbek

«Bavariya» rahbariyati Musiala haqida yana fikr bildirdi

Futbol
24 noyabr, 04:30
Klub bosh direktori yarimhimoyachining avvalgi sport formasiga qaytishiga umid qilmoqda.
«Bavariya» rahbariyati Musiala haqida yana fikr bildirdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen jamoa yarimhimoyachisi Jamal Musialaning holati haqida fikr bildirdi.

Avvalroq 23 yoshli futbolchining mashg‘ulot vaqtida yana hushidan ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Drizen Bild nashriga bergan intervyusida bu vaziyatga izoh berdi.

«Aytishimiz kerak bo‘lgan barcha gaplarni allaqachon aytdik. Hozir unga shunchaki vaqt berishimiz va maydonda o‘ynashiga imkon yaratishimiz kerak. Uning rejalashtirilganidek maydonga qaytganidan juda xursand bo‘ldim. Endi avvalgi saviyasiga qaytishiga umid qilamiz», — dedi klub rahbari.

Ma’lumot uchun, Musiala ushbu mavsum barcha musobaqalarda 5 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar