Live
1
O'zbek

«Bavariya» Shupo-Motingni yana jamoaga qaytarishi mumkin

Futbol
23 noyabr, 15:38
U qariyb 4 yil Myunxen klubida o‘ynagan.
«Bavariya» Shupo-Motingni yana jamoaga qaytarishi mumkin
Фото: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi MLS ishtirokchisi «Nyu-York Red Bullz» hujumchisi Erik Shupo-Motingni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Yil oxirida erkin agentga aylanadigan hujumchi mavsum yakuniga qadar, ya’ni olti oylik shartnoma imzolashga tayyor. U jamoada zaxira futbolchisi sifatida harakat qilib, asosiy hujumchi Harri Keynni almashtirib turishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli Shupo-Moting ayni paytda yaxshi sport formasida va jamoa tarkibini darhol kuchaytirishi mumkin. Biroq myunxenliklar hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan va hujum chizig‘ini kuchaytirishning turli variantlarini o‘rganishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Erik faoliyati davomida Germaniyaning bir qator klublarida, jumladan, 2020-yil oktabridan 2024-yil mayigacha «Bavariya»da to‘p tepgan. Shuningdek, u «PSJ» va «Stok Siti» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar