«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamol Musiala yana hushini yo‘qotdi. Bild nashri xabar berishicha, hodisa myunxenliklar mashg‘uloti vaqtida sodir bo‘lgan.
Bu germaniyalik 23 yoshli futbolchi uchun 2026-yil avgustidan buyon uchinchi shunday holat hisoblanadi. Avvalgi ikki holatda Musiala rasmiy uchrashuvlar vaqtida hushini yo‘qotgan. Har ikki safar tibbiyot xodimlari futbolchiga yordam ko‘rsatishgan va shundan so‘ng u zaxiraga olingan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchida to‘liq davolash imkoni bo‘lmagan nevrologik kasallik aniqlangan.
Avvalroq «Bavariya» rahbariyati Musiala avvalgi sport formasiga qayta olishi borasida xavotirda ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, klub futbolchini transferga qo‘yishi mumkinligi ham aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jamol 2021-yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U myunxenliklar safida olti marta Germaniya chempioni bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi