Live
11
O'zbek

«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi futbolchilar sotib olmoqchi emas

Futbol
22 noyabr, 02:45
«Bavariya» prezidenti va klub bosh direktori tarkibni kuchaytirish rejalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi futbolchilar sotib olmoqchi emas
Foto: Getty Images

«Bavariya» prezidenti Herbert Hayner va klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen qishki transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirish rejalari haqida fikr bildirdi.

Goal nashrining xabar berishicha, myunxenliklar rahbariyati hozircha yangi futbolchilar xarid qilish zaruratini ko‘rmayapti.

«Vaziyat biz kutgandek kechmadi. Biroq Dias safga qaytmoqda, Devis ikki haftadan keyin tayyor bo‘ladi, Gnabri ham asta-sekin mashg‘ulotlarga qaytyapti.

Shu sababli qishki tanaffusda qandaydir chora ko‘rishimiz shart deb o‘ylamayman», — dedi Hayner klubning yillik umumiy yig‘ilishida.

Shu bilan birga, prezident zarurat tug‘ilsa, «Bavariya» tarkibni kuchaytirish uchun yetarli imkoniyatga ega ekanini ta’kidladi.

Bosh direktor Yan-Kristian Drizen ham hozircha qishki transferlar rejalashtirilmayotganini, ammo vaziyat tez o‘zgarishi mumkinligini bildirdi.

«Avvalo, jarohatlangan futbolchilarning qaytishini kutishimiz kerak. Shundan keyin qishda qanday yo‘l tutishimizni hal qilamiz. Hozircha yangi xaridlar rejamizda yo‘q.

Kim ham raqib futbolchisining mutlaqo keraksiz harakati tufayli Keynni bir necha oyga yo‘qotishimizni tasavvur qilgandi?

Shuning uchun hozirgi vaziyatni baholash qiyin. Odatda, bunday bayonotlar keyinchalik o‘zingga qarshi ishlaydi», — dedi Drizen.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Bundesliganing dastlabki 10 turidan keyin 22 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar