Live
12
O'zbek

Botirali Ergashev: «Bo‘lajak bahsda ishqibozlarimizga quvonch ulashish umididamiz»

Futbol
22 noyabr, 07:42
Ergashev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Botirali Ergashev: «Bo‘lajak bahsda ishqibozlarimizga quvonch ulashish umididamiz»
Фото: Нефтчи ПФК
23.11.2026, 08:45 Osiyo Chempionlar Ligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona - : - Al-Hilal Al-Hilal

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 5-turida «Neftchi» Farg‘onada «Al Hilol»ni qabul qiladi. Bu o‘yin oldidan «chinorlar» darvozaboni Botirali Ergashev matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Jamoamiz bilan birgalikda ushbu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Nasib etsa, munosib ishtirok etib, mazmunli o‘yin namoyish qilish orqali muxlislarimizni xursand etamiz. Bosh murabbiyimiz ta’kidlaganlaridek, oldimizga muayyan maqsadlar qo‘yilgan. Ishonchni oqlab, munosib o‘yin ko‘rsatish va ishqibozlarimizga quvonch ulashish umididamiz.

- «Al Hilol» bilan bo‘ladigan o‘yinga darvozabon sifatida qanchalik tayyorsiz?

- Ertangi o‘yin katta va mazmunli bo‘ladi. Men ham ushbu bahsga to‘liq tayyorman. Tanqidlarga kelsak, o‘rinli fikrlarga to‘g‘ri yondashamiz. Munosib munosabat bildiramiz. Asossiz tanqidlarga esa umuman e’tibor qaratmayman. Bunday saviyadagi o‘yinlar orqali tajribani yanada oshiryapmiz. Ertangi bahsda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, bizga ishonch bildirayotgan muxlislarimiz hamda jamoadoshlarimizning umidlarini oqlashga harakat qilamiz.

- Raqib jamoa safida individual mahoratga ega, ayniqsa, standart vaziyatlardan samarali foydalanadigan o‘yinchilar ko‘p. Deylik, Ruben Neves juda mahoratli hisoblanadi. Raqibni o‘rganish vaqtida ularning harakatlariga alohida e’tibor berdingizmi? Yoki ularning bu jihatlari sizni xavotirga solmadimi?

- Ochiğini aytganda, bu holat xavotir emas, aksincha, biz uchun tajriba to‘plash imkoniyatidir. Har bir uchrashuv – o‘ziga xos saboq. Bo‘lajak bellashuvda munosib o‘yin namoyish etib, oxirigacha kurashish orqali ertangi bahsda muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman», — dedi Ergashev o‘yin oldi matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar