Live
12
O'zbek

«Neftchi» 29-turda chempionlik sovrinini o‘z stadionida qabul qilishi mumkin

Futbol
21 noyabr, 08:30
Superliga kubogini topshirish bo‘yicha Liga rejasi ma’lum qilindi.
«Neftchi» 29-turda chempionlik sovrinini o‘z stadionida qabul qilishi mumkin
Foto: Neftchi FK
28.11.2026, 06:15 O‘zbekiston Superligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona - : - Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliganing 28-turidan keyin chempionlik masalasi hal bo‘lmadi. Mavsum yakuniga 2 tur qolganida oltin medallar uchun kurashda «Neftchi»ning imkoniyati saqlanib turibdi. PFL chempionlik kubogini topshirish bo‘yicha ishchi rejasini e’lon qildi.

28-tur oldidan chempionlik masalasi «Paxtakor»ning ochko yo‘qotishi va «Neftchi»ning ochko qo‘lga kiritishiga bog‘liq edi. Biroq har ikki jamoa ushbu turda mag‘lubiyatga uchradi. Shu sababli chempion nomi 29-turda ham aniqlanishi mumkin.

Hozircha 29-turdayoq chempion bo‘lish imkoniyatiga ega yagona klub — «Neftchi». Farg‘onaliklarni oltin medallardan 1 ochko ajratib turibdi.

29-tur «Neftchi» uchun o‘z maydonidagi so‘nggi uy bahsi hisoblanadi. Shu bois Liga reglamentdan kelib chiqib, chempionlik ehtimolini inobatga olgan holda Superliga kubogini 28-noyabr kuni «Istiqlol» stadioniga olib borishni rejalashtirgan.

Ushbu kuni Navoiyda «Qizilqum» — «Paxtakor», Farg‘onada esa «Neftchi» — «Dinamo» bahslari bir vaqtda — soat 16:15 da boshlanadi. Agar «Neftchi» o‘z maydonida kamida 1 ochko qo‘lga kiritsa, bahs yakunlanganidan so‘ng jamoani taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Bordi-yu, farg‘onaliklar 29-turda mag‘lubiyatga uchrasa, chempionlik masalasi so‘nggi turga qoladi. Bunday vaziyatda Liga chempion bo‘lish imkoniyatini saqlab qolgan klublar sonidan kelib chiqib, taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ko‘radi. Bu holatda nafaqat «Neftchi» va «Paxtakor», balki «Navbahor»da ham chempionlik kubogini qo‘lga kiritish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin.

Liga so‘nggi tur oldidan chempionlikka da’vogar barcha klublar bahs olib boradigan stadionlarda taqdirlash marosimi uchun tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtiradi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilgi mavsumda ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatilgan. So‘nggi tur oldidan «Paxtakor», «Nasaf» va «Navbahor» chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgandi. O‘shanda Liga kubokni topshirish marosimiga Namangandagi «Markaziy», Toshkentdagi «Jar» va «Paxtakor» stadionlarida tayyorgarlik ko‘rgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar