«PSJ» rasmiy sayti jamoa vingeri Dezire Due o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylamni uzib olganini tasdiqladi. 21 yoshli futbolchi noyabr oyi oxirida operatsiya qilinadi.
Due Liga 1ning 11-turi doirasida «Nitsa»ga qarshi kechgan bahsda (3:2) jarohat olgan. Birinchi bo‘lim yakunida futbolchi maydondan zambilda olib chiqilgan edi.
Ma’lumot uchun, Due ushbu mavsum barcha musobaqalarda 15 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali 21 yoshli futbolchining bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi