Live
1
O'zbek

MLS. «Inter Mayami» o‘z uyida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Messi to‘liq o‘yin o‘tkazdi (video sharh)

Futbol
21 noyabr, 21:30
    11
Mayami klubi 36-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qoldi.
MLS. «Inter Mayami» o‘z uyida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Messi to‘liq o‘yin o‘tkazdi (video sharh)
Foto: FOX Sports
21.11.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 0 : 3 Columbus Crew Columbus Crew

MLS pley-off bosqichidan o‘rin olgan «Inter Mayami» hamda «Kolambus» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bahsda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maydon egalari safida Lionel Messi uchrashuvni to‘liq o‘ynadi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

Qayd etish lozim, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.

MLS, pley-off bosqichi.
Inter Mayami — Kolambus 0:3
Gollar: Tapia 9 (pen), 58 (dubl), Habrune 52.

Inter Mayami — Sent-Kleyр, Frey (Mura 77), Kazemiro, Mikael, Lujan, de Paul, Brayt (Shou 62), Segoviya (Kaysedo 67), Berterame, Messi, Suares (Galarza 46).

Chetlatish: Lujan 36 (Inter Mayami).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Columbus Crew Columbus Crew
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar