«Inter Mayami» yarimhimoyachisi Kazemiro sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p tepishdan zavqlanishini bildirdi. U argentinalik futbolchi bilan o‘ynash ko‘p narsani osonlashtirishini ta’kidladi.
«Biz buni har doim ham anglayvermaymiz, ammo Leo bilan birga o‘ynash hamma narsani osonlashtiradi. Men uchun eng ajoyib jihati ham shu — u bilan maydonda hammasi yengilroq kechadi.
Rostini aytsam, bundan juda katta zavq olyapman. Bunday deyishimning sababi, avval unga qarshi o‘ynab, ko‘p aziyat chekkanman. Endi bir jamoada ekanimizdan xursandman va u bilan birga o‘ynashdan zavqlanyapman. Uning yonida to‘p tepish va jamoamizning g‘alabalariga hissa qo‘shish men uchun sharaf va faxr», — dedi Kazemiro MLS’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan videoda.