Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liga 13-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi o‘yin (2:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yin juda qiyin kechdi. Bu, avvalo, «Selta»ning harakatlari bilan bog‘liq. Ular qanday himoyalanishni, to‘pni nazorat qilishni va g‘alaba qozonishga intilayotgan raqibga qanday qarshilik ko‘rsatishni yaxshi bilishadi.
Bundan tashqari, ko‘plab futbolchilarimiz yaxshi holatda emas edi. Ayrimlari payshanba kuni qaytib kelishdi, chorshanba kuni uxlashmadi, soatlab samolyotda uchishdi.
Jismoniy charchoq ruhiy holatga ham ta’sir qiladi. Konatening o‘yindagi birinchi uzatmasi maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
Lekin ijobiy jihatlar ham bor. Ulardan biri — futbolchilarimizning g‘alabaga bo‘lgan intilishi va matonati. Uchrashuv oxirida Arda Gyuler va Jud Bellinghem juda charchagan bo‘lsa-da, bor kuchini ishga soldi.
Hisobni tenglashtirganimizdan keyin o‘yin to‘pni yo‘qotish va uni qayta egallashlar bilan kechdi. Eng muhimi, yakunda ochkolarni qo‘lga kiritdik.
Albatta, biz oson g‘alaba qozonishni, tanaffusga 3:0 yoki 4:0 hisobida chiqib, xotirjam bo‘lishni istaymiz. Biroq buning har doim ham iloji yo‘q. Shuning uchun jangovar ruh namoyish etish kerak.
Ikkinchi bo‘limdagi muhim jihatlardan biri pressingni kuchaytirganimiz va to‘pni yo‘qotganimizdan keyin tezda qaytarib olganimiz bo‘ldi.
Bu ruhiyat masalasi. Bizda qiyinchiliklarga qarshi kurasha oladigan kuchli jamoa bor. Hisobda ortda qolish va tribunadan hushtakbozlik eshitish ham oson emas.
Biz ketma-ket 9 ta o‘yinda g‘alaba qozondik va seshanba kuni navbatdagi g‘alabamizni ham qo‘lga kiritamiz», — dedi Mourinyo.