Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio mashg‘ulot vaqtida yordamchilarining harakatidan norozi bo‘ldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulot uchun mashq tayyorlanayotgan paytda yordamchilar yetarlicha tez harakat qilmagan. Bu Mourinioning jahli chiqishiga sabab bo‘lgan. Mutaxassis qo‘llarini ko‘targan holda assistentlariga baqirib, ulardan tezroq ishlashni talab qilgan.
Vaziyat shundan keyin ham murabbiyni tinchlantirmagan. Mourinio to‘plar solingan qopdan ularni o‘zi olib, maydonga joylashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan so‘ng u qopni jahli bilan uloqtirgan.
Bu holatdan keyin yordamchilar tezroq harakat qila boshlagan va mashg‘ulotning qolgan qismi muammosiz o‘tgan.