Live
7
O'zbek

Militao: «Jud, sen bilan bir jamoada o‘ynayotganimdan faxrlanaman»

Futbol
21 noyabr, 06:00
    6
«Real» himoyachisi jamoadoshining o‘yinini yuqori baholadi.
Militao: «Jud, sen bilan bir jamoada o‘ynayotganimdan faxrlanaman»
Foto: Getty Images
21.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Selta Vigo Selta Vigo

Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao jamoadoshi Jud Bellinghemning o‘yin saviyasi haqida fikr bildirdi.

«Men Bellinghemga: «Birodar, bir jamoada o‘ynayotganimizdan faxrlanaman. Sen shunchalik ajoyib saviyada o‘ynayapsanki, go‘yo maydondagi voqealarni sekinlashtirilgan holatda ko‘rayotgandek taassurot uyg‘otasan», dedim. U bu so‘zlarim uchun menga minnatdorlik bildirdi. Judga Braziliya yoqadi. U biz bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi», — deya Militaoning so‘zlarini keltiradi TNT Sports BR.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli Bellinghem ushbu mavsum barcha musobaqalarda 16 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, 21-noyabr kuni «Real» Ispaniya chempionati 13-turi doirasida «Selta»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar