Live
7
O'zbek

La Liga. «Alaves» o‘z maydonida «Deportivo»ni mag‘lub etdi

Futbol
21 noyabr, 09:56
Mezbonlar ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
La Liga. «Alaves» o‘z maydonida «Deportivo»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Deportivo Alaves Deportivo Alaves 3 : 1 Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Alaves» o‘z maydonida «Deportivo»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar 2-daqiqadayoq Anxel Peresning goli evaziga hisobni ochdi. 41-daqiqada esa Nauel Tenalya o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisob tenglashdi.

Ikkinchi bo‘limda «Alaves» yana oldinga chiqdi. 62-daqiqada Lukas Boye mezbonlarning ikkinchi golini urdi. 90-daqiqada Denis Suares yakuniy hisobni o‘rnatdi.

La Liga. 13-tur
Alaves — Deportivo 3:1
Gollar: Peres 2, Boye 62, Suares 90 — Tenalya (avtogol) 41.

Alaves: Sivera, Tenalya, Koski, Otto, Ibanes (Guevara, 76), Peres (Novoa, 68), Rebbax (Enrikes, 67), Blanko, Suares, Martines (Dias, 76), Boye.
Deportivo: Rikelme, Ximo Navarro (Traore, 46), Luismi Kruz (Asp Yensen, 66), Lureyro, Nubi, Kvalyata, Soriano (Amatuchchi, 60), Kasado, Rodriges (Ximenes, 46), Ernandes (Nsongo, 66), Obameyang.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Deportivo de A Coruna Deportivo de A Coruna
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar