«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik Lamine Yamalning xalqaro tanaffus vaqtida Ispaniya milliy jamoasi safida ko‘rsatgan o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Lamin milliy jamoaning dastlabki bahsini o‘tkazib yuborganidan xursandman. U Angliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi va aql bovar qilmas futbolchi ekanini, eng yuqori saviyada o‘ynay olishini namoyish etdi», — dedi Flik o‘yinoldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining 12 turidan keyin 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar 22-noyabr kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.