Argentinalik markaziy himoyachi Kristian Romero «Atletiko»ga o‘tishidan avval «Barselona» safiga qo‘shilishi mumkin edi. Madrid klubi futbolchini yozgi transfer oynasida «Tottenhem»dan sotib olgan.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Romero ushbu mavsum boshlanishidan oldin «Barselona»ning transfer uchun tuzilgan qisqa ro‘yxatidan joy olgan. Biroq jamoa bosh murabbiyi Hansi Flik argentinalik futbolchi nomzodidan voz kechgan.
Bunga himoyachining o‘ng oyoqda o‘ynashi sabab bo‘lgan. Nemis mutaxassisi esa chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachini jamoaga jalb etishni istagan.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Romero ushbu mavsum «Atletiko» safida barcha musobaqalarda 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.