Live
7
O'zbek

«Tottenhem» Risharlisonni APLning boshqa klubiga sotmoqchi emas

Futbol
21 noyabr, 06:45
«Everton» va «Kristal Pelas» braziliyalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda.
«Tottenhem» Risharlisonni APLning boshqa klubiga sotmoqchi emas
Foto: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi braziliyalik hujumchi Risharlisonni Angliya Premyer-ligasining boshqa jamoasiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchiga «Everton» va «Kristal Pelas» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq «shporlar» APLdagi raqiblarini kuchaytirib qo‘ymaslik uchun Risharlisonni xorij klubiga sotishni afzal ko‘rmoqda. Hujumchining transferini Turkiya va Braziliya klublari ham kuzatib bormoqda.

29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda hozircha atigi 2 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Shundan so‘ng u asosiy jamoadan chetlatilgan.

Transfermarkt portali Risharlisonning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Everton Everton
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar