Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi hujumchisi Ayven Touni Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Kristal Pelas» ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. London klubi 30 yoshli hujumchini qishki transfer oynasida xarid qilishi mumkin.
Touni ham vataniga qaytishga qarshi emas. Hujumchi Angliya milliy jamoasining Yevro-2028 uchun qaydnomasidan joy olish imkoniyatini oshirishni istamoqda.
E’tiborlisi, yaqinda «Kristal Pelas» bosh murabbiyiga Tomas Frank tayinlandi. Mutaxassis avval «Brentford»da ishlagan va aynan uning qo‘l ostida Toni to‘p tepgan.
Hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 16 ta bahsda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.