Portugaliya milliy jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi Krishtianu Ronalduning professional faoliyatidagi 986-golini urganiga munosabat bildirdi.
41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al Ahli»ga qarshi uchrashuvda o‘z hisobini yana bitta golga boyitdi. Biroq uning goli «An Nasr»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi va jamoa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«986 tasi ortda qoldi. Yana 14 ta qoldi», — deyiladi Portugaliya milliy jamoasining rasmiy sahifasidagi xabarda.
Qizig‘i, Ronaldu ushbu bahsda 4 daqiqa ichida dubl qayd etish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Lekin u 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi. Portugaliyalik futbolchining tepgan to‘pi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Shu tariqa, tajribali hujumchi faoliyati davomida 1000 ta gol urishdek tarixiy marraga yetishi uchun yana 14 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu noyabr oyi boshida Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Bundan avval uning bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchiligi yuzaga kelgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi