«Barselona» Yaqin Sharqda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar hozirda Kuvayt futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.
Derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» Kuvayt futbol federatsiyasi bilan rasmiy hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor.
Ushbu tashabbus amalga oshsa, ikki tomon o‘rtasida futbol sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, kelishuv doirasida «Barselona» va Kuvayt milliy jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi ehtimoli ham mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday bahs 2027-yilning fevral oyidayoq o‘tkazilishi mumkin. Biroq hozircha uchrashuvning aniq sanasi, o‘tkazilish joyi va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Avvalroq «Barselona» Espart bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi