Live
3
O'zbek

Rasman. «Barselona» Espart bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
20 noyabr, 13:34
    2
Xavi kataloniyaliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Rasman. «Barselona» Espart bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Barcelona FC

«Barselona» himoyachi Xavi Espart bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Xavi kataloniyaliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Kataloniyalik futbolchi o‘tgan mavsum asosiy jamoada debyut qilgan. Espart «Real»ga qarshi El-Klasikoda to‘pig‘idan jarohat olguniga qadar bu mavsum to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan. Ularning sakkiztasi La Liga, bittasi Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib, futbolchi ikkita gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» La Liga 13-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar