Braziliya milliy jamoasi va «Barselona» klubining sobiq himoyachisi Dani Alves futbolsiz ham o‘zini baxtli his qilayotganini ma’lum qildi.
«Endi o‘zimni baxtli his qilishim uchun futbol kerak emas. Hozir ham hayotimdan mamnunman.
Futbol o‘ynagan paytlarimda millionlab yevro ishlab topganman. Ammo qamoqxonada 113 yevro ishlab topish menga million yevrolardan ko‘ra ko‘proq baxt keltirdi», — deya braziliyalik yulduzning so‘zlarini The Touchline.
Yevropada Alves «Barselona»dan tashqari «Sevilya», «Yuventus» va «PSJ» klublarida ham to‘p tepgan.
Jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bilan qamalib chiqqan sobiq futbolchi Braziliya milliy jamoasi safida 126 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangan.
Alves: «Qamoqda 113 yevro topish futbolda millionlar ishlashdan ko‘proq baxt keltirdi»
Futbol
20 noyabr, 03:10
8
Braziliyalik sobiq himoyachi futbolsiz ham o‘zini baxtli his qilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi