Live
3
O'zbek

Torres: «Ikki bor «Barsa»ga o‘tishimga imkoniyat bo‘lgan»

Futbol
20 noyabr, 02:46
    9
«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Kataloniya klubiga transferi amalga oshmaganining sabablarini aytdi.
Torres: «Ikki bor «Barsa»ga o‘tishimga imkoniyat bo‘lgan»
Foto: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fernando Torres ikki marta «Barselona»ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lganini, biroq har ikki safar ham Angliya klubida qolishni afzal ko‘rganini ma’lum qildi.

«Liverpul»dagi ilk mavsumimdan keyin «Barselona»ga o‘tish imkoniyati bo‘lgandi. Ammo men hatto ularning taklifini eshitishni ham istamadim, chunki o‘zimni baxtli his qilardim. Keyinchalik, 2010-yilda «Barselona» yana meni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Biroq yakunda bu klubga David Vilya o‘tdi», — dedi Torres The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Torres 2007-yildan 2011-yilgacha «Liverpul»da o‘ynagan. U Angliya klubiga Madridning «Atletiko» jamoasidan o‘tgandi.

Avvalroq sobiq hujumchi faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshini aytgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • AFC Liverpool AFC Liverpool
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar