«Barselona» «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martinesni o‘z safiga qo‘shib olishni istamadi.
Agent Pedro Bravo argentinalik futbolchining xizmatlarini «ko‘k-anorranglilar»ga taklif qilgan. Biroq kataloniyaliklar klubining sport direktori Deku ushbu transferni amalga oshirishni xohlamagan. Bu haqda Barca Universal agentning so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
Bravoning aytishicha, Deku unga quyidagicha javob bergan: «U — yaxshi futbolchi, ammo biz izlayotgan o‘yinchi profiliga mos kelmaydi».
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Lisandro Martinesning narxi 45 million yevroni tashkil etadi.
28 yoshli himoyachi bu mavsumda «qizil iblislar» safida 11 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
«Barsa» Lisandro transferini rad etdi
Futbol
19 noyabr, 21:55
5
Deku «MYU» himoyachisining agentiga javobini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi