Live
3
O'zbek

«Real» muxlislari Mouriniodan Vinisius emas, Diomandeni maydonga tushirishni so‘rashdi

Futbol
20 noyabr, 05:06
    10
Madrid klubi ishqibozlari «Selta» bilan bahsda chap qanotda ivuarlik vinger o‘ynashini xohlashmoqda.
«Real» muxlislari Mouriniodan Vinisius emas, Diomandeni maydonga tushirishni so‘rashdi
Foto: Getty Images
21.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Selta Vigo Selta Vigo

«Real» muxlislari Ispaniya chempionati doirasidagi «Selta»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinioga murojaat qilishdi.

The Touchline nashri xabar berishicha, muxlislar asosiy tarkibda braziliyalik Vinisius Junior emas, balki ivuarlik Yan Diomande maydonga tushishini so‘rashmoqda. Ularning fikricha, afrikalik futbolchi ayni paytda jamoaga ko‘proq foyda keltirmoqda va o‘yin saviyasi jihatidan ham yuqoriroq darajada.

«Real» va «Selta» o‘rtasidagi bellashuv 21 noyabr, shanba kuni Madriddagi «Santiago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan mezbonlar turnir jadvalida 2-o‘rinni, mehmonlar esa 12-pog‘onani egallab turishibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar