Live
3
O'zbek

Yangi shartnomaga ko‘ra Bellinghemning «Real»dagi maoshi keskin oshadi

Futbol
19 noyabr, 22:45
Klub angliyalik yarimhimoyachi bilan kelishuvni uzaytirishga urinmoqda.
Yangi shartnomaga ko‘ra Bellinghemning «Real»dagi maoshi keskin oshadi
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachi Jud Bellinghem bilan kelishuvni 2031-yilgacha uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli ingliz yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng bir mavsum uchun 20–25 million yevro maosh ola boshlaydi. Hozirda uning yillik maoshi 15 million yevrodan oshmaydi.

Bellinghem 2023-yil yozidan buyon «Real»da o‘ynab kelmoqda. U bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 160 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar