Live
3
O'zbek

Rasman. Kurtua «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
20 noyabr, 07:07
    1
Tibo 2018-yildan buyon madridliklar safida o‘ynamoqda.
Rasman. Kurtua «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi darvozabon Tibo Kurtua bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Belgiyalik 34 yoshli darvozabon bilan yangi kelishuv 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kurtuaning avvalgi shartnomasi 2027-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi. Yangi bitim orqali tomonlar hamkorlik muddatini yana bir yilga uzaytirdi.

Bu mavsumda Tibo «Real» safida barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U shularning to‘rttasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Tibo 2018-yildan buyon madridliklar safida o‘ynamoqda. U shu vaqtga qadar jamoa tarkibida 348 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Transfermarkt portali Kurtuaning hozirgi bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar