Live
3
O'zbek

Messi — MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi (top-5)

Futbol
19 noyabr, 23:56
    5
Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar va eng ko‘p maosh to‘laydigan klublar beshligi e’lon qilindi.
Messi — MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi (top-5)
Foto: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLSda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.

MLS futbolchilari kasaba uyushmasi 2026-yil oktabr holatiga ko‘ra, futbolchilarning maoshlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Argentinalik 39 yoshli futbolchi bonuslar va boshqa daromad manbalarini hisobga olmagan holda, yiliga kafolatlangan 28,33 million dollar maosh oladi. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 20,45 million dollarni tashkil etgan. Shuningdek, yillik maoshi 10 million dollardan yuqori bo‘lgan futbolchilar soni besh nafarga yetdi.

MLSda eng ko‘p maosh oluvchi 5 nafar futbolchi:
1. Lionel Messi («Inter Mayami») — 28,33 million dollar
2. Robert Levandovski («Chikago Fayr») — 19,51 million dollar
3. Antuan Grizmann («Orlando Siti») — 13,94 million dollar
4. Son Hyon Min («Los-Anjeles») — 11,25 million dollar
5. Breel Embolo («Atlanta Yunayted») — 10,81 million dollar


MLSda futbolchilar maoshi uchun eng ko‘p mablag‘ sarflaydigan 5 ta klub:
1. «Inter Mayami» — 59,37 million dollar
2. «Chikago Fayr» — 41,29 million dollar
3. «Atlanta Yunayted» — 38,35 million dollar
4. «Los-Anjeles Gelaksi» — 34,91 million dollar
5. «Los-Anjeles» — 32,91 million dollar

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar