Live
10
O'zbek

Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsum eng yaxshi to‘purar bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi

Futbol
7 noyabr, 23:00
    13
Leo 2026-yilgi muntazam chempionatda 31 uchrashuv o‘tkazib, 26 ta gol urdi.
Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsum eng yaxshi to‘purar bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
07.11.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 3 : 3 Charlotte FC Charlotte FC

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS tarixida ketma-ket ikki mavsum eng yaxshi to‘purar bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.

39 yoshli argentinalik yulduz 2026-yilgi muntazam chempionatda 31 uchrashuv o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu natija unga to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

2-o‘rinni «Dallas» hujumchisi Petar Musa egalladi. U 30 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 22 marta ishg‘ol qildi va Messidan 4 ta golga ortda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2025-yilgi mavsumda ham MLSning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi. O‘shanda argentinalik futbolchi chempionat davomida 29 ta gol urgan.

Shu tariqa, Messi MLS tarixida hech bir futbolchi erisha olmagan natijani qayd etib, musobaqa rekordlaridan yana birini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq Messining «Nyuells Old Boyz»ga qaytmoqchi emasligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Charlotte FC Charlotte FC
  • MLS USA MLS USA
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar