Live
12
O'zbek

«Barselona»ning «Tvente» himoyachisini sotib olishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma'lum

Futbol
22 noyabr, 06:20
18 yoshli Rud Neystad Kataloniya klubiga o‘tishga qiziqmoqda, biroq tomonlar transfer narxini kelisha olmayapti.
«Barselona»ning «Tvente» himoyachisini sotib olishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma'lum
Foto: Getty Images

«Barselona» qishki transfer oynasida «Tvente» markaziy himoyachisi Rud Neystadni sotib olish uchun yana bir bor urinib ko‘rdi. 18 yoshli futbolchining o‘zi ham kataloniyaliklar safiga o‘tishga qiziqmoqda. U «Barselona» rivojlanishi uchun ideal klub bo‘lishiga ishonmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, hozirda klublar o‘rtasida Neystadning transfer narxi borasida kelishmovchilik mavjud. Niderlandiya klubi futbolchining narxini 20 million yevrogacha oshirgan. «Barselona» esa yuqori divizionda o‘ynash tajribasi cheklangan 18 yoshli himoyachi uchun bu summani ortiqcha deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, «Tvente» niderlandiyalik futbolchini qishki transfer oynasida sotishga tayyor emas. Bu holat ham «Barselona»ning rejalarini murakkablashtirmoqda.

Neystadning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Tvente Tvente
Bugungi yangiliklar