Live
11
O'zbek

Laporta: «Pedri men uchun Xavi va Inyestaning birlashgan ko‘rinishi»

Futbol
22 noyabr, 10:20
«Barselona» prezidenti yarimhimoyachining o‘yinidan zavqlanishini yashirmadi.
Laporta: «Pedri men uchun Xavi va Inyestaning birlashgan ko‘rinishi»
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 2 Villarreal Villarreal

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa yarimhimoyachisi Pedrini kataloniyaliklar safida to‘p tepgan afsonalar Xavi va Andres Inyesta bilan taqqosladi.

«Uning o‘yinini tomosha qilganimda, shunchaki erib ketaman. Men uchun u Xavi va Inyestaning birlashgan ko‘rinishi. Buni tasavvur qilish juda qiyin edi, ammo Pedri men uchun aynan shunday futbolchi», — dedi Laporta TUDN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xavi va Inyesta 2002–2015-yillar davomida «Barselona» safida birgalikda to‘p tepgan. Har ikki futbolchi klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ular kataloniyaliklar bilan birgalikda 4 martadan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar